Jinoyat ishlarini nazorat tartibida koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 19-band. Nazorat instansiyasi sudi birinchi, apellatsiya (kassatsiya), nazorat instansiyalari sudi…

Nazorat instansiyasi sudi birinchi, apellatsiya (kassatsiya), nazorat instansiyalari sudi tomonidan ishning haqiqiy holatlari qanchalik toʻgʻri aniqlanganligini, moddiy va protsessual qonun normalari qanchalik toʻgʻri qoʻllanilganligini tekshiradi. Nazorat instansiyasi sudi jinoyat ishini faqat shaxs sudlangan yoki oqlangan ayblov doirasida koʻrib chiqadi. JPK 494-moddasiga muvofiq ogʻirroq jinoyatga doir qonunni qoʻllash yoki jazoni kuchaytirishga zarurat boʻlganda, nazorat instansiyasi sudi apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi ajrimini bekor qilib, ishni apellatsiya yoki kassatsiya tartibida yangidan koʻrish uchun yuborishga faqat shu asoslar boʻyicha jabrlanuvchi tomonidan shikoyat berilgan yoki prokuror tomonidan protest bildirilgan holda haqli.