Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, mahkumga nisbatan jazoni yengillatishga yoki uni jazoni oʻtashdan ozod qilishga asos sifatida faqat ish boʻyicha aniqlangan va mahkumga nomutanosib ogʻir jazo tayinlanganligidan dalolat beruvchi holatlar olinishi mumkin. Hukm chiqarilgandan soʻng kelib chiqqan holatlar, shuningdek mahkumning jazoni oʻtash vaqtidagi xulq-atvori esa, oʻz oʻzidan sud qarorlarining oʻzgartirilishiga olib kelmasligi lozim va faqat ishning nazorat tartibida koʻrib chiqilishi uchun boshqa asoslar mavjud boʻlganda inobatga olinishi mumkin.