Agar voyaga yetmagan shaxsga nisbatan ishni koʻrishda nazorat instansiyasi sudi aybdor jinoiy jazo qoʻllamasdan ham axloqan tuzatilishi mumkin, degan xulosaga kelsa, u sud qarorlarini bekor qilib, ishni tugatishga yoki voyaga yetmagan shaxsni jazodan ozod etib, unga nisbatan qonunda belgilangan majburlov choralaridan birini (JK 87-moddasi ) qoʻllashga haqli.