Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, oqlov hukmining asosi faqat bu haqda oqlangan shaxs shikoyati yoki prokuror protesti berilgan holda oʻzgartirilishi mumkin (JPK 494-moddasi ). Oqlov hukmi nazorat instansiyasi sudi tomonidan, faqat, shaxs asossiz oqlanganligi toʻgʻrisida jabrlanuvchi yoki uning vakili shikoyati yoxud prokuror protesti boʻlgan holda bekor qilinishi mumkin. Ayrim oqlangan shaxslarga nisbatan protest berilishi boshqa oqlangan shaxslarga nisbatan hukmning bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi uchun asos boʻlmaydi.