Agar mahkum shikoyat (protest) bildirilgandan soʻng, biroq ish nazorat instansiyasida koʻrilgunga qadar vafot etsa, ish yuritish umumiy asoslarda davom ettiriladi. Marhumni reabilitatsiya qilish uchun asoslar boʻlgan taqdirda nazorat instansiyasi sudi ayblov hukmini bekor qilib, ushbu shaxsga nisbatan jinoyat ishini JPK 83-moddasiga muvofiq tugatadi. Ish tugatilganda ashyoviy dalillar taqdiri haqidagi masala JPK 211-moddasiga muvofiq ularning tegishliligi toʻgʻrisida nizo kelib chiqqanda esa — fuqarolik ish yurituv tartibida koʻrilishi mumkin. Marhumning harakatlari bilan yetkazilgan zararni undirish masalasi ham jabrlanuvchi yoki prokuror tomonidan marhumning vorislariga yoki uning mulkini boshqarish huquqini oʻziga olgan shaxsga nisbatan qoʻzgʻatilgan daʼvo boʻyicha fuqarolik ish yurituv tartibida koʻriladi.