Nazorat instansiyasi sudi hukmning fuqaroviy daʼvoga oid qismi notoʻgʻriligini aniqlasa, unga tegishli oʻzgartirishlar kiritishi, jumladan, undiruv miqdorini koʻpaytirishi mumkin, basharti ish boʻyicha dalillar toʻplash yoki ularni qoʻshimcha tekshirish zarurati boʻlmasa va ish holatlari birinchi, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan toʻla va toʻgʻri aniqlanib, biroq moddiy qonun normalarini qoʻllashda xatoga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa. Agar fuqaroviy daʼvo boʻyicha undiruv miqdorini koʻpaytirish jinoyat kvalifikatsiyasini yoki ayblov mazmunini mahkumning holatini ogʻirlashtirish tomoniga oʻzgartirishni taqozo etsa, sud qarorlari faqat jabrlanuvchi yoki uning vakili shikoyati yoxud prokuror protesti mavjud boʻlganda, JPK 513-moddasi talablariga rioya etilgan holda bekor qilinishi lozim.