Jinoyat ishlarini nazorat tartibida koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 6-band. JPK 514-moddasiga muvofiq shikoyat nazorat instansiyasi sudi tomonidan u kelib tushgan…

JPK 514-moddasiga muvofiq shikoyat nazorat instansiyasi sudi tomonidan u kelib tushgan kundan boshlab bir oy mobaynida, ish chaqirtirilgan va tekshirib chiqilgan hollarda esa — ikki oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqilishi kerak. Bu muddatga ishni nazorat instansiyasida koʻrish uchun JPK 483-moddasida belgilangan vaqt qoʻshilmaydi.