Sudlarga tushuntirilsinki, qonunda nazorat tartibida ish yuritish predmeti boʻyicha muayyan istisnolar nazarda tutilgan. Chunonchi, hukm chiqarilgandan soʻng qabul qilingan amnistiya aktini, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash masalalari yuzasidan, shuningdek, mahkumga nisbatan ijro etilmagan bir necha hukm mavjud boʻlib, vaqt jihatdan oxirgi hukmni chiqargan sud bundan bexabar boʻlgan hollarda berilgan shikoyat (protest), agar unda ayni bir paytda ayblov mazmuni yoki sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligi boʻyicha boshqa masalalar qoʻyilgan boʻlmasa, nazorat instansiyasi sudi tomonidan koʻrilmaydi. Bu masalalar birinchi instansiya sudi tomonidan JPK 540-moddasi va 541-moddasi birinchi qismi qoidalariga muvofiq hal etiladi.