Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 18-band. Ishni apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida koʻrayotgan sud hukmga mulkiy ziyonni…

Ishni apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida koʻrayotgan sud hukmga mulkiy ziyonni qoplashga oid oʻzgartirishlar kiritishga haqli. Agar ish boʻyicha dalillar toʻplash va qoʻshimcha tekshirish talab qilinmasa, ishning mulkiy ziyon yetkazishga doir holatlari birinchi instansiya sudi tomonidan toʻliq va toʻgʻri aniqlangan, biroq moddiy huquq normalarini qoʻllashda xatolikka yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, yuqori turuvchi sud undiriladigan ziyon miqdorini kamaytirishi yoki koʻpaytirishi mumkin. Mulkiy ziyon miqdorining oʻzgartirilishi jinoyat kvalifikatsiyasiga yoki ayblov hajmi mahkumning ahvolini ogʻirlashtiradigan darajada oʻzgarishiga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan hollarda, basharti shu asoslarga koʻra prokuror protesti yoki jabrlanuvchi (uning vakili) tomonidan shikoyat keltirilgan boʻlsa, hukm oʻzgartirilib, tegishlicha jinoyat kvalifikatsiyasi yoki ayb hajmi oʻzgartiriladi.