Kuchli taʼsir qiluvchi va zaharli moddalar miqdorlari, shuningdek, ularni tayyorlash yoki qayta ishlash uchun moʻljallangan asbob-uskunalarga (priborlar, apparatlar, asboblar, inshootlar, texnologik komplekslar va h.k.) oid masalalarni hal qilishda sudlar tegishli davlat organining Kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxatiga (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentabrdagi 818-sonli qaroriga 1-ilova ) asoslanib berilgan xulosasiga amal qilishlari lozim.