Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish bilan bogʻliq jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 12-band. Agar shaxs tomonidan kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalar niqobi ostida qandaydir…

Agar shaxs tomonidan kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalar niqobi ostida qandaydir boshqa moddalar oʻtkazilgan boʻlsa, uning qilmishi firibgarlik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunda oluvchining harakatlari, qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlsa, kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda oʻtkazishga suiqasd sifatida kvalifikatsiya qilinadi.