Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, kuchli taʼsir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni koʻp miqdorni tashkil qilmaydigan miqdorda oʻtkazish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish, xuddi shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish uchun aybdorlar har qanday hollarda JK 251¹-moddasining birinchi qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortiladi. Agar mazkur harakatlar aybni ogʻirlashtiruvchi holatlarda — takroran, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, uyushgan guruh tomonidan yoxud koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, qilmish tegishli ravishda JK 251¹-moddasining ikkinchi yoki uchinchi qismi boʻyicha kvalifikatsiya qilinishi lozim.