Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish bilan bogʻliq jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 20-band. Tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalarini berish uchun…

Tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalarini berish uchun moʻljallangan retseptni ularni shaxsan isteʼmol qilish maqsadida qalbakilashtirish JK 228-moddasi bilan, retsept bunday vositalarni oʻtkazish maqsadida qalbakilashtirilganda esa, JK 228 va 251¹-moddalari majmui bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.