Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish bilan bogʻliq jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 21-band. Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni ishlab chiqarish, olish, saqlash, hisobga…

Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni ishlab chiqarish, olish, saqlash, hisobga olish, berish, tashish yoxud joʻnatish qoidalarini buzish (JK 251¹-moddasining toʻrtinchi qismi ) odamning uzoq muddat davomida kasallanishi, atrof-muhitning zaharli moddalar bilan ifloslanishi va hk.larda ifodalanishi mumkin. Ehtiyotsizlik orqasida badanga shikast yetkazilishi yoxud odam oʻlishi JK 251¹-moddasining toʻrtinchi qismi bilan qamrab olinadi va JK Maxsus qismining inson hayoti va sogʻligʻiga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi tegishli moddalari bilan kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi.