Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish bilan bogʻliq jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 4-band. Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda qayta ishlash…

Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda qayta ishlash deganda, tarkibida bir yoki bir necha kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalar mavjud qattiq yoki suyuq aralashmalarni qoʻshimcha moddalardan tozalash (rafinatsiya) yoxud bunday aralashmada kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalar nisbatini koʻpaytirish, shuningdek, boshqa farmokologik aktiv moddalar bilan aralashtirish orqali ularning odam organizmiga taʼsirini kuchaytirish tushunilishi lozim.