Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish bilan bogʻliq jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 7-band. Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda tashish deganda…

Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda tashish deganda, ularni har qanday transport turidan yoki tashish vositasi sifatida qoʻllanilgan qandaydir obyektdan foydalangan holda bir joydan boshqa joyga, shu jumladan, bir aholi punkti doirasida koʻchirish, shuningdek, qayd etilgan vosita va moddalarni bunday faoliyat turi bilan shugʻullanishga litsenziyasi boʻlgan yuridik shaxsning masʼul shaxsi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibni buzgan holda tashish tushunilishi lozim.