Arizachi toʻlashdan belgilangan tartibda ozod qilingan davlat boji, agar javobgar boj toʻlashdan ozod qilinmagan boʻlsa, qanoatlantirilgan talablar miqdoriga mutanosib ravishda javobgardan davlat daromadiga undiriladi. Davlat bojini toʻlashdan ozod etilgan bir yoki bir nechta arizachi tomonidan bir nechta javobgarga nisbatan taqdim etilgan ariza toʻliq yoki qisman qanoatlantirilganda, u davlat foydasiga alohida har bir javobgardan qanoatlantirilgan talablarga mutanosib ravishda undiriladi. Ariza qanoatlantirilgan holda arizachining tegishli iltimosnomasi mavjud boʻlgandagina, sud xarajatlari uning zimmasiga yuklatilishi mumkin. Jismoniy shaxslar notarial harakatni amalga oshirish, fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvini roʻyxatga olish rad etilganligi yoxud notariusning yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi mansabdor shaxsining harakat (harakatsizlik)lari yuzasidan, shuningdek davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilganligi yoxud belgilangan muddatda davlat roʻyxatidan oʻtkazishdan boʻyin tovlaganlik ustidan nizolashish toʻgʻrisidagi ariza (shikoyat) bilan sudga murojaat qilishda davlat boji toʻlashdan ozod etilmaganligi bois Davlat boji stavkalariga asosan BHMning 1 baravari miqdorida davlat boji toʻlashlari lozim. Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari manfaatlarini koʻzlab sudga davlat boji toʻlamasdan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslari xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan taqdim etilgan ariza (shikoyat) qanoatlantirishdan rad etilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3318-sonli Qarorining 3-bandiga asosan manfaati koʻzlab ariza (shikoyat) kiritilgan fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalaridan