Maʼmuriy organlar va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish boʻyicha sud amaliyoti haqida 8-band. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, maʼmuriy organlarning quyidagilar bilan bogʻliq…

Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, maʼmuriy organlarning quyidagilar bilan bogʻliq qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan shikoyatlar ham MSIYUtKning 23-bobida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi: bino, inshoot va boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, foydalanishga topshirish, foydalanish va buzishga kelishish va ruxsat berish (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli “Qurilish sohasiga oid yagona maʼmuriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori ); jamoat birlashmalari, shu jumladan, siyosiy partiyalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish, shuningdek, davlat organining belgilangan muddatda bunday roʻyxatdan oʻtkazishdan boʻyin tovlashi (“Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 12-moddasining uchinchi qismi , “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 9-moddasining uchinchi qismi , “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 23-moddasining ikkinchi qismi , “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 26-moddasi ).