Maʼmuriy organlar va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish boʻyicha sud amaliyoti haqida 9-band. Davlat ijrochisining qarori, harakatlari (harakatsizligi) ustidan MSIYUtKning 23-bobida…

Davlat ijrochisining qarori, harakatlari (harakatsizligi) ustidan MSIYUtKning 23-bobida nazarda tutilgan tartibda shikoyat qilinadi. Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, davlat ijrochilarining ijro hujjatini Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatda ijro etmaslikda ifodalangan harakatsizligi ustidan nizolashishga doir ishlar ham maʼmuriy sudga taalluqlidir.