Mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xodimning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplashga oid nizolar boʻyicha sud amaliyoti haqida 12-band. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 323 , 330-moddalariga muvofiq, xodimning…

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 323 , 330-moddalariga muvofiq, xodimning sogʻligʻiga ziyon yetkazilganligi hamda mehnatda mayib boʻlganlik yoki kasb kasalligi tufayli boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan ish beruvchi tomonidan bir yoʻla toʻlanadigan nafaqa miqdori jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan boʻlsa, ish beruvchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi oʻrtasidagi kelishuvga binoan belgilanishi tufayli, mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boʻlmagan holda sogʻliqqa shikast yetkazilishi yoki boquvchining vafoti tufayli yetkazilgan zararni undirish haqidagi nizolarni koʻrishda sud jamoa shartnomasini, bunday shartnoma tuzilmagan boʻlsa, ish beruvchi bilan kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa organi oʻrtasidagi kelishuvni talab qilib olishi lozim. Jamoa shartnomasi yoki ish beruvchi bilan kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi oʻrtasidagi kelishuvda bir yoʻla beriladigan nafaqa miqdori amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan kam boʻlsa yoki miqdor koʻrsatilmagan boʻlsa yoxud bunday shartnoma, kelishuv tuzilmagan boʻlsa, u holda bir yoʻla beriladigan nafaqaning miqdorini belgilash Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 323 , 330-moddalariga muvofiq hal qilinadi.