Mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xodimning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplashga oid nizolar boʻyicha sud amaliyoti haqida 14-band. Xodimning mehnat qobiliyati toʻliq yoki qisman yoʻqolishiga olib kelgan kasb…

Xodimning mehnat qobiliyati toʻliq yoki qisman yoʻqolishiga olib kelgan kasb kasalligining kelib chiqishida ish beruvchining aybi mavjud boʻlgan taqdirdagina jabrlanuvchiga zarar undirib beriladi. Binobarin, sudlar kasb kasalligi aniqlanganligi holatining oʻzi ish beruvchiga zararni qoplash majburiyatini yuklash uchun yetarli asos boʻla olmasligini nazarda tutishlari lozim. Mazkur turdagi ishlarni koʻrishda xodimda bunday kasallikning mavjudligini tasdiqlovchi yozma dalil TIEK guvohlantirgan dalolatnoma, kasallik tarixidan koʻchirma va boshqalarni tekshirish bilan bir qatorda, sudlar ish beruvchi tomonidan mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish hollari bor-yoʻqligiga har bir holatda alohida eʼtibor berishlari shart.