Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 336-moddasiga muvofiq, hayotiga va sogʻligʻiga yetkazilgan ziyonning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi ariza ish beruvchiga jabrlangan xodim tomonidan, u vafot etgan taqdirda esa ziyonning oʻrni qoplanishiga doir huquqqa ega manfaatdor shaxslar tomonidan beriladi. Xodim yoki ziyonning oʻrni qoplanishiga doir huquqqa ega boʻlgan manfaatdor shaxslar ish beruvchining qaroridan rozi boʻlmagan yoki belgilangan muddatda javob olmagan taqdirda, ular ushbu nizoni hal qilish uchun sudga murojaat qilishga haqli. Qayta tibbiy guvohlantirishdan oʻtgandan soʻng yangi muddatga sogʻliqqa shikast yetkazilganligi oqibatida yetkazilgan ziyon toʻlovlarini toʻlash haqidagi daʼvolar ham sud tomonidan birinchi marta ariza qabul qilish uchun belgilangan tartibda qabul qilinadi.