Mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xodimning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplashga oid nizolar boʻyicha sud amaliyoti haqida 4-band. Sudlarga tushuntirilsinki, mayib boʻlish yoki sogʻliqqa yetkazilgan boshqa shikastlanish…

Sudlarga tushuntirilsinki, mayib boʻlish yoki sogʻliqqa yetkazilgan boshqa shikastlanish yoxud boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan toʻlanadigan zararni qoplash haqidagi daʼvolar FPK 33 , 34-moddalari talablariga muvofiq, daʼvogarning tanlashi boʻyicha javobgar doimiy yashab turgan yoki doimiy mashgʻul boʻlgan joydagi sudning yoxud daʼvogar yashab turgan joydagi sudning sudloviga taalluqlidir.