Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 11-band. Agar aybdorning qasdi bilan aynan bir jabrlanuvchiga nisbatan ham nomusga tegish, ham…

Agar aybdorning qasdi bilan aynan bir jabrlanuvchiga nisbatan ham nomusga tegish, ham jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish jinoyatini sodir etish (turli ketma-ketlikda) qamrab olingan boʻlsa, ularni sodir etishda vaqt jihatdan uzilish boʻlgan-boʻlmaganligidan qatʼi nazar, qilmish JK 118-moddasi va 119-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar majmui sifatida baholanmogʻi lozim. Bunday harakatlarni ilgari shunga oʻxshash jinoyatlar sodir etgan shaxs tomonidan sodir etilgan (JK 118-moddasi yoki 119-moddasi ikkinchi qismining “b” bandi ) deb baholab boʻlmaydi.