JK 118-moddasi ikkinchi qismi “g” bandi yoki 119-moddasi ikkinchi qismi “g” bandida nazarda tutilgan oʻldirish bilan tahdid etish deganda, nafaqat aybdorning jabrlanuvchiga, uning yaqin qarindoshlariga yoki jabrlanuvchida ularga nisbatan muayyan masʼuliyat mavjud shaxslarga nisbatan darhol jismoniy zoʻrlik ishlatish niyati ochiqdan-ochiq bildirilgan soʻzlari, balki aybdorning, masalan, qurol yoki qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan predmetlar (pichoq, ustara, bolta va sh.k. lar) namoyishi singari tahdid soluvchi harakatlari ham tushunilishi lozim. 13¹. JK 118-moddasi ikkinchi qismi “d” bandi yoki 119-moddasi ikkinchi qismi “d” bandida nazarda tutilgan nogironlik belgisiga ega ekanligi aybdorga ayon boʻlgan shaxsga nisbatan sodir etish deganda jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari ayon (maʼlum) boʻlgan shaxsga nisbatan sodir qilingan harakatlarni tushunish lozim.