Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan (JK 118-moddasi uchinchi qismi “a” bandi yoki 119-moddasi uchinchi qismi “a” bandi ) yoki oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan (JK 118-moddasi toʻrtinchi qismi yoki 119-moddasi toʻrtinchi qismi ) shaxsga nisbatan nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish jinoyatini sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlik, aybdor jabrlanuvchining yoshini bilgan yoki bilmaganligidan qatʼiy nazar kelib chiqadi.