JK 118-moddasi uchinchi qismi “e” bandi yoki 119-moddasi uchinchi qismi “e” bandida nazarda tutilgan “ogʻir oqibatlar” deganda, homilador boʻlish yoki homilaning tushishi, ruhiy holati buzilishi, OIV/OITS yuqishi, jabrlanuvchi tomonidan tanlangan jinoyatdan himoyalanish usuli oqibatida olingan tan jarohatlari (masalan, koʻp qavatli binodan, yurib ketayotgan avtomobildan, poyezddan sakraganda), jinoyat natijasida jabrlanuvchining oʻzini oʻzi oʻldirishi va h.k.lar tushunilishi lozim.