Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 2-band. Nomusga tegish deganda (JK 118-moddasi ), jabrlanuvchi bilan uning erkiga qarshi yoki…

Nomusga tegish deganda (JK 118-moddasi ), jabrlanuvchi bilan uning erkiga qarshi yoki erkidan tashqari zoʻrlik ishlatib, qoʻrqitib (bundan buyon matnda — tahdid etib) yoxud jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib, tabiiy usulda jinsiy aloqa qilish tushunilishi lozim. Agar oʻsha holatlarda aybdorning harakatlari jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirishga qaratilgan boʻlsa, qilmish JK 119-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak. Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirganlik uchun jinoiy javobgarlik bunday harakatlar ayol jinsidagi shaxsga nisbatan ham, erkak jinsidagi shaxsga nisbatan ham sodir etilganda kelib chiqadi. Oiladagi jinsiy zoʻravonlik deganda, kundalik birgalikdagi hayot (turmush)da oilaning bir yoki bir guruh aʼzolari tomonidan boshqa bir aʼzosining, bir roʻzgʻor asosida birgalikda yashayotgan shaxsning jinsiy erkinligi yoki jinsiy daxlsizligiga tajovuz qilish bilan bogʻliq qilmish tushunilishi lozim.