Tushuntirilsinki, Jinoyat kodeksining 135-moddasi ikkinchi qismi “z” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybdor jabrlanuvchini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga yoki uning hududiga Davlat chegarasi orqali (qonuniy yoki qonunga xilof tarzda) toptaydi yoki boshqa tarzda oʻtkazadi yoxud shaxsni uning erkiga zid ravishda xorijiy davlat hududida ushlab turadi. Jabrlanuvchini chet elda qonunga xilof ravishda ushlab turish uning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga qaytishi yoki Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik yoki konsullik muassasalari bilan aloqa bogʻlash imkoniyatidan mahrum qilganida namoyon boʻladi.