davlat chegarasini kesib oʻtish tartibini buzishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 4-band. Oʻzbekiston Respublikasiga kirish uchun quyidagi hujjatlar asos boʻladi

Oʻzbekiston Respublikasiga kirish uchun quyidagi hujjatlar asos boʻladi: Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun xorijga chiqish biometrik pasporti (diplomatik pasport, identifikatsiya elektron kartasi ID-karta), vaqtincha xorijda turgan va konsullik roʻyxatiga olinmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun xorijga chiqish biometrik pasporti yoʻqolgan, yaroqsiz holga kelgan, uning amal qilish muddati tugagan, maʼlumotlar yoki vizalar uchun moʻljallangan sahifalaridan foydalanib boʻlingan holatlarda, shuningdek, sud ajrimi bilan uning amal qilishi toʻxtatib turilganda yangi xorijga chiqish biometrik pasporti yoki Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnomasi; xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun — amaldagi milliy pasport (diplomatik pasport), shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat, Oʻzbekiston Respublikasiga kirish uchun (kirish, tranzit) viza va xorijiy fuqarolar kirish-chiqish Tartibi II boʻlimida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar.