Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish uchun quyidagi hujjatlar asos boʻladi: Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun — amaldagi xorijga chiqish biometrik pasporti (diplomatik pasport), chet el davlatiga kirish vizasi (Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ularga kirish uchun kirish vizalari rasmiylashtirilishi talab etilmaydigan xorijiy davlatlar bundan mustasno); xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun — amaldagi milliy pasport (diplomatik pasport), shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat, Oʻzbekiston Respublikasiga kirish-chiqish uchun viza va xorijiy fuqarolar kirish-chiqish Tartibi I, III boʻlimlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar.