Sudlar neustoyka (penya, jarima) miqdorini aniqlashda shartnomaning qaysi bandi talablari qanchalik darajada buzilganligi, taraflar taqdim etayotgan hisob-kitoblarda qaysi davr uchun va qancha miqdorda javobgarlik koʻzda tutilayotganligini, u qaysi qonun yoki shartnomaning bandiga asosan belgilanganligini asoslantirishlari, zarur hollarda neustoykaning hisob-kitobini qayta hisoblab chiqishlari, taraflarning talabi bilan mutaxassislarni hisob-kitoblarni aniqlash uchun jalb etishlari, ekspertiza tayinlashlari lozim.