“Xoʻjalik yurituvchi subyektlar Faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunini iqtisodiy sudlar amaliyotida qoʻllashning ayrim masalalari haqida 14-band. Qonunning 34-moddasiga binoan neustoykaning undirilishi shartnoma talablarini buzgan…

Qonunning 34-moddasiga binoan neustoykaning undirilishi shartnoma talablarini buzgan tarafni majburiyatlarni lozim darajada bajarmaslik oqibatida yetkazgan zararini qoplashdan ozod etmaydi. Ikkinchi taraf koʻrgan zararga shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi munosabati bilan qilingan xarajatlar, mol-mulk yoʻqolishi yoki shikastlanishi, shuningdek, ikkinchi taraf shartnoma majburiyatlarini bajarganida olishi mumkin boʻlgan, lekin ololmay qolgan daromadlar ham kiradi.