Sudlar Qonunning 8 , 9-moddalariga asosan mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining shartnoma munosabatlari sohasidagi vakolatlarini qay darajada amalga oshirayotganliklariga baho berish bilan birga ular tomonidan ushbu meʼyor talablari bajarilmagan taqdirda, Qonunda belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga shartnoma intizomi buzilishi holatlarini bartaraf etish haqida taqdimnomalar kiritish va ularning mansabdor shaxslariga nisbatan esa taʼsir choralarini qoʻllashga haqlidirlar.