“Xoʻjalik yurituvchi subyektlar Faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunini iqtisodiy sudlar amaliyotida qoʻllashning ayrim masalalari haqida 3-band. Qonunning 11-moddasi va Fuqarolik kodeksining 108-moddasiga koʻra, xoʻjalik shartnomalari…

Qonunning 11-moddasi va Fuqarolik kodeksining 108-moddasiga koʻra, xoʻjalik shartnomalari yozma shaklda tuziladi. Shartnomaning yozma shakliga rioya etmaslik (ogʻzaki kelishuv) uning haqiqiy emasligiga olib kelmaydi (qonunda koʻrsatilgan hollar bundan mustasno). Biroq, sudlar shartnomaning yozma shakliga rioya etmaslik oqibatida nizo kelib chiqqan taqdirda, taraflarni bitimning tuzilganligi, mazmuni va bajarilganligini guvohlarning koʻrsatmalari bilan tasdiqlash huquqidan mahrum etsa-da, yozma va boshqa dalillar bilan tasdiqlash huquqini saqlab qolishiga eʼtibor bermoqlari lozim. Sudlar shartnomaning tuzilganligi, mazmuni va bajarilganligini tasdiqlash uchun taqdim etilgan dalillar (yuk xati, tovar-transport hujjati, ishonchnoma, dalolatnoma va hokazolar)ga har tomonlama baho berib, shartnomaning yozma shakliga rioya qilinmasdan (ogʻzaki kelishuv asosida) bajarilgan majburiyatlar boʻyicha kelib chiqqan nizolarni Qonunda belgilangan tartibda hal etmoqlari kerak. Bunda sudlar FKning 363-moddasi talablaridan kelib chiqib, shartnomani tuzishga xizmat qilgan barcha holatlar, jumladan, shartnoma tuzish oldidan olib borilgan munozaralar, yozishmalar, oʻzaro munosabatlarda shakllangan amaliyot, ish muomalasi odatlari, taraflarning oʻzlarini tutishlarini oʻrganishlari va baho berishlari lozim.