“Xoʻjalik yurituvchi subyektlar Faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunini iqtisodiy sudlar amaliyotida qoʻllashning ayrim masalalari haqida 4-band. Shartnoma tuzilib, amalda boʻlish davrida unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar…

Shartnoma tuzilib, amalda boʻlish davrida unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishiga faqat taraflarning roziligi bilangina yoʻl qoʻyiladi, shartnomaga bir tomonlama oʻzgartirish kiritilishi mumkin emas (qonun hujjatlarida yoki shartnomada koʻrsatilgan hollar bundan mustasno). Sudlar shartnoma tuzish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrayotganda IPKning 183-moddasiga muvofiq shartnoma tuzish yoki uni oʻzgartirish vaqtida kelib chiqqan nizo boʻyicha hal qiluv qarorining xulosa qismida shartnomaning har bir nizoli sharti boʻyicha qabul qilingan qaror koʻrsatilishi, shartnoma tuzishga majburlash toʻgʻrisidagi nizo boʻyicha esa taraflar qanday shartlarda shartnoma tuzishga majburligi holati aniq ifodalanishi lozimligini nazarda tutishlari kerak.