“Xoʻjalik yurituvchi subyektlar Faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunini iqtisodiy sudlar amaliyotida qoʻllashning ayrim masalalari haqida 8-band. Xoʻjalik shartnomalarini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi nizolarning sudga…

Xoʻjalik shartnomalarini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi nizolarning sudga taalluqliligi masalasini hal etish va sudda koʻrishda qonunda toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatilgan hollarda bitimning qonun talab qiladigan shakliga rioya etmaslik haqidagi ( FK 115-moddasi ), yanglishish taʼsirida tuzilgan ( FK 122-moddasi ), aldash, zoʻrlik, qoʻrqitish, bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda kelishishi yoki ogʻir holatlar yuz berishi taʼsirida tuzilgan ( FKning 123-moddasi ), qalbaki va koʻzboʻyamachilik uchun tuzilgan ( FKning 124-moddasi ) bitimlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar xoʻjalik shartnomalariga nisbatan ham tatbiq etilishiga eʼtibor qaratilmogʻi lozim. Fuqarolik kodeksining 116-moddasiga koʻra, qonun hujjatlarining talablariga muvofiq kelmaydigan mazmundagi bitim, shuningdek, huquq-tartibot yoki axloq asoslariga atayin qarshi maqsadda tuzilgan bitim oʻz-oʻzidan haqiqiy emasdir. Bunday bitimlar FKning 114-moddasiga binoan, haqiqiy emasligi bilan bogʻliq oqibatlardan tashqari, boshqa hech qanday yuridik oqibatlarga olib kelmaydi va u tuzilgan paytidan boshlab haqiqiy hisoblanmaydi. Basharti, shartnoma shartlarini belgilash va ularga qoʻshimchalar kiritish mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari yoki boshqa idoralarning tazyiqi bilan majburan amalga oshirilgan boʻlsa, bunday shartnoma sud tomonidan FKning 123-moddasiga muvofiq, haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Boshqa hollarda, masalan, shartnomalarni tuzishda, qonunchilikda belgilangan tovarlarni (xizmatlarni) elektron tijorat orqali realizatsiya qilish holatlaridan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Budjet bilan hisob-kitoblar uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarning masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 9-avgustdagi PF-1504-sonli Farmonining 4-bandida belgilangan barter shartnomalari tuzilishini taqiqlash haqidagi talablar inobatga olinmagan boʻlsa, sud nizoni mazmunan koʻrib chiqib, bunday shartnomalarni tuzishda aybdo