Oʻzgalar mulkini oʻgʻrilik, talonchilik va bosqinchilik bilan talon-toroj qilish jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 4-band. Tovlamachilikni bosqinchilik va talonchilikdan farqlashda tovlamachilikda zoʻrlik…

Tovlamachilikni bosqinchilik va talonchilikdan farqlashda tovlamachilikda zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish mulkni zoʻrlik ishlatayotgan vaqtda emas, balki kelajakda koʻlga kiritishga qaratilishiga eʼtibor berish lozim. Agar qoʻrqitish amalda ishlatilsa, qilmish JKning tovlamachilik haqidagi moddasi bilan va asoslar boʻlganda qoʻrqitish amalga oshirilayotganda sodir etilgan harakat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi bilan ham tavsiflanishi lozim.