Oʻzgalar mulkini oʻgʻrilik, talonchilik va bosqinchilik bilan talon-toroj qilish jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 5-band. Oʻzgalar mulkini talonchilik va oʻgʻrilik bilan egallagan va aybdor bu mulkdan oʻz…

Oʻzgalar mulkini talonchilik va oʻgʻrilik bilan egallagan va aybdor bu mulkdan oʻz xohishicha foydalanish yoki uni tasarruf etish imkoniyatiga ega boʻlgan vaqtdan boshlab, bosqinchilik esa jabrlanuvchining hayot va sogʻligʻi uchun xavfli boʻlgan zoʻrlik ishlatish yoki shunday zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib hujum boshlangan vaqtdan boshlab, tugallangan hisoblanadi.