Oʻzgalar mulkini oʻgʻrilik, talonchilik va bosqinchilik bilan talon-toroj qilish jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 6-band. Hayot uchun xavfli boʻlgan zoʻrlik ishlatish deganda uning ishlatilishi jabrlanuvchining…

Hayot uchun xavfli boʻlgan zoʻrlik ishlatish deganda uning ishlatilishi jabrlanuvchining hayoti uchun aniq boʻlgan xavfni vujudga keltiruvchi holat (masalan, jabrlanuvchini boʻgʻish, boshini suv ostida ushlab turish va h.k.) tushuniladi. Sogʻliq uchun xavfli boʻlgan zoʻrlik ishlatish deganda, jabrlanuvchiga sogʻligʻining buzilishiga sabab boʻlgan tan jarohati yetkazish yoki shunday tan jarohatini yetkazish xavfini tugʻdiruvchi harakatlar (chakkaga, quyosh oʻrilmasiga urish va h.k.) tushuniladi. Qonun mazmuniga koʻra bosqinchilikda zoʻrlik ham jismoniy, ham ruhiy boʻlishi mumkin.