Oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazish jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 2-band. Shakl va mazmuni boʻyicha qonuniy boʻlgan harakatlar natijasida oʻzini oʻzi oʻldirish…

Shakl va mazmuni boʻyicha qonuniy boʻlgan harakatlar natijasida oʻzini oʻzi oʻldirish yoki unga suiqasd qilish sodir etilgan taqdirda, bu harakatlarni sodir etgan shaxsga nisbatan JKning 103-moddasi tatbiq etilmasligi sudlarga tushuntirilsin. Bu oʻrinda oddiy haqoratlash, shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitish boʻyicha yagona bir arzimas gaplar bu xil harakatlarning muttasil (bir necha bor) sodir etilishini talab qiluvchi JKning 103-moddasida koʻzda tutilgan jinoyat tarkibini tashkil etmaydi va bunday hollarda javobgarlik shaxsga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikni taqozo qiluvchi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari boʻyicha kelib chiqadi.