Rahmsiz muomala deganda, jabrlanuvchiga nisbatan qoʻpol va ayovsiz munosabatda boʻlib, unga jismoniy yoki ruhiy azob yetkazish (masalan, muttasil kaltaklash, oziq-ovqatdan, suvdan va boshqalardan mahrum etish) hollarini tushunish lozim. Shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini muttasil ravishda tahqirlash deganda, jabrlanuvchining shaʼni va gʻururini bir necha marta tahqirlashni (masalan, tuhmat qilish, haqoratlash, taʼqib etish va hokazolarni) tushunish kerak.