Poraxoʻrlik ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 6-band. Boshqa shaxsga pora berish yoʻli bilan istalgan harakat yoki harakatsizlikka erishishni…

Boshqa shaxsga pora berish yoʻli bilan istalgan harakat yoki harakatsizlikka erishishni taklif qilgan shaxs pora beruvchi tariqasida javobgar boʻladi, pora uchun kelishilgan harakatni bajarishga kelishgan va porani topshirgan shaxs esa pora berishda ishtirokchi tariqasida javobgar boʻlishi lozim. Agarda u taklifning mohiyatini bilgan holda porani faqatgina taqdim etsa, uning harakati poraxoʻrlikda vositachilik tariqasida tavsiflanishi kerak.