Poraxoʻrlik ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 7-band. Pora oluvchining yoki beruvchining topshirigʻiga koʻra harakat qilib pora buyumini…

Pora oluvchining yoki beruvchining topshirigʻiga koʻra harakat qilib pora buyumini bevosita beruvchi shaxs vositachi boʻlishini eʼtiborga olgan holda sudlar pora olish-berishda vositachilik qilishni pora olish va berishdan farqlashlari zarur. Bu oʻrinda JKning 212-moddasi boʻyicha vositachining harakatini tavsiflashda uning pora oluvchi yoki beruvchidan oʻz xizmati evaziga mukofot olgan-olmaganligining ahamiyati yoʻq. Porani berish yoki olishni tashkillashtiruvchi, bunga yoʻnaltirilgan turli xil faoliyat yurituvchi yoki boʻlmasa pora berish yoki olishda yordamchi boʻlgan va bir vaqtning oʻzida vositachilik harakatlarini bajargan shaxs pora berish yoki olishda ishtirokchilikda javobgar boʻladi. Bu oʻrinda ishtirokchining harakatini tavsiflash masalasi u kimning manfaatini, kim tomonidan va kimning pora beruvchiningmi yoki oluvchining tashabbusi bilan harakat qilganidan kelib chiqib, uning qasdi nimaga qaratilganligini hisobga olgan holda hal qilish lozim boʻladi. Bunday hollarda JKning 212-moddasi bilan qayta tavsiflash talab qilinmaydi.