Pora olish, pora berish yoki pora olish-berishda vositachilik qilishni takroriylik belgisiga koʻra tavsiflash ushbu jinoyatning oʻzini ikki marotabadan kam boʻlmagan miqdorda sodir etilishini va ulardan hech biri uchun shaxsning sudlanmaganligini hamda jinoiy javobgarlikka tortishning muddati oʻtib ketmaganligini taqozo etadi. Mansabdor shaxsning bir vaqtning oʻzida bir necha shaxsdan poralarni olishi, basharti pora beruvchilarning har biri uchun alohida qilmish sodir etilsa, takroriy pora olish deb tavsiflanishi lozim.