Poraxoʻrlik ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 9-band. Jinoyatni sodir etishda avvaldan, yaʼni jinoyat boshlanguncha kelishib olgan ikki yoki…

Jinoyatni sodir etishda avvaldan, yaʼni jinoyat boshlanguncha kelishib olgan ikki yoki undan ortiq mansabdor shaxs ishtirok etgan boʻlsa, pora olish bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirgan holda sodir etilgan hisoblanadi. Jinoyat mansabdor shaxslardan loaqal biri pora olgan paytdan eʼtiboran tugallangan deb hisoblanadi. Bunda pora oluvchi shaxsning pora olishda bir necha mansabdor shaxslar ishtirok etayotganligini tan olgan-olmaganligining ahamiyati yoʻq. Bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan avvaldan til biriktirib pora olinganda poraning miqdori olingan boyliklar yoki mulkiy manfaatning umumiy qiymati bilan belgilanadi, asossiz ravishda olingan narsalarni davlat foydasiga undirishda esa, har bir mansabdor shaxs olgan mulkiy foydaning pul miqdoridan kelib chiqish kerak. Boshqa mansabdor shaxs bilan avvaldan kelishmagan holda pora olib, keyin poraning bir qismini unga bergan mansabdor shaxs, porani olganligi uchun ham, berganligi uchun ham, yaʼni jinoyatlar majmui uchun javobgar boʻladi.