Sudlar qasddan odam oʻldirishga oid ishlarni koʻrayotganda, ish holatlarini sinchkovlik bilan, har tomonlama, toʻla va xolisona tekshirish lozimligi toʻgʻrisidagi qonun talablariga qatʼiy amal qilishlari shart. Har bir ish boʻyicha ayb shakli, qotillik sabablari, maqsadi va usuli aniqlanishi, shuningdek, qilmishni toʻgʻri huquqiy baholash va aybdorga adolatli jazo tayinlash uchun ahamiyatga molik boshqa holatlar tekshirilishi kerak.