Ommaviy tartibsizliklar jarayonida sodir etilgan qasddan odam oʻldirish jinoyati JK 97-moddasi ikkinchi qismining “e” bandi bilan kvalifikatsiya qilinmogʻi lozim. Agar ommaviy tartibsizliklar vaqtida aybdor tomonidan qasddan odam oʻldirishdan tashqari qirgʻin solish, vayron qilish, oʻt qoʻyish va shunga oʻxshash boshqa jinoyatlar sodir etilgan boʻlsa, uning harakatlari jinoyatlar majmui boʻyicha kvalifikatsiya qilinishi kerak.