Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 12-band. Qasddan odam oʻldirish jinoyatini JK 97-moddasi ikkinchi qismining “j” bandi bilan…

Qasddan odam oʻldirish jinoyatini JK 97-moddasi ikkinchi qismining “j” bandi bilan kvalifikatsiya qilishda aybdorning qasdi oʻta shafqatsizlik bilan odam oʻldirishga qaratilgan boʻlganligini aniqlash shart. Bu oʻrinda shuni nazarda tutish kerakki, qonun oʻta shafqatsizlik tushunchasini odam oʻldirish usuli bilangina emas, balki, aybdor tomonidan oʻta shafqatsizlik namoyon etilganligidan dalolat beruvchi boshqa holatlar bilan ham bogʻlaydi. Oʻta shafqatsizlik bilan odam oʻldirish usullariga, jumladan, hayotdan mahrum etishdan oldin yoki qotillik sodir etish jarayonida jabrlanuvchini qiynoqqa solish yoki unga qattiq azob yetkazish bilan bogʻliq (kuchli ogʻriq beruvchi zahardan foydalanish, tiriklayin yoqib yuborish, uzoq muddat ovqat, suv bermaslik) hollarni ham kiritish mumkin. Badanga koʻplab shikast yetkazish orqali odam oʻldirish, faqat aybdor buni jabrlanuvchiga qattiq azob-uqubat yetkazishga qaratilgan toʻgʻri qasd bilan sodir etgan boʻlsa, oʻta shafqatsizlik koʻrinishi, deb baholanishi mumkin. Jabrlanuvchining yaqin kishilari koʻz oʻngida odam oʻldirish, agar aybdor oʻz harakatlari bilan ularga kuchli iztirob berayotganligini anglagan boʻlsa, aybdor tomonidan oʻta shafqatsizlik namoyon etilganligidan dalolat beruvchi holat sifatida baholanmogʻi lozim. Jabrlanuvchining yaqin kishilari qatoriga, uning yaqin qarindoshlaridan tashqari, jabrlanuvchi bilan alohida shaxsiy doʻstona munosabatda boʻlgan shaxslar ham kirishi mumkin. Murdani tahqirlash, yoʻq qilish yoki boʻlaklab tashlash qotillikning oʻta shafqatsizlik bilan sodir etilganligini anglatuvchi holat sifatida baholanishi mumkin emas. Bunday harakatlar Jinoyat kodeksining murdani tahqirlash uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi 134-moddasi bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilinishi lozim. Jinoyat ishtirokchilari oʻrtasida qasddan oʻta shafqatsizlik bilan odam oʻldirish toʻgʻrisida oldindan til biriktirilmagan taqdirda, qotillikni bajaruvchi shaxsning harakatlari JK 97-moddasi ikkinchi qismining “j” bandi boʻyich