Milliy yoki irqiy adovat zamirida, yaʼni boshqa millatga, irqqa mansub shaxsga, uning turmush tarziga, madaniyatiga, urf-odatlariga, oila tutumiga nisbatan gʻayirlik yoki nafrat tuygʻulari bilan yoxud millatlararo, irqlararo adovat yoki nifoq solish maqsadida qasddan sodir etilgan odam oʻldirish jinoyati JK 97-moddasi ikkinchi qismining “k” bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak.